1. Umumiy qoidalar
Ushbu sahifa naff.uz saytida rasmiylashtirilgan buyurtmalarni yetkazib berish shartlarini belgilaydi. Yetkazib berish usuli buyurtma rasmiylashtirish jarayonida Xaridor tomonidan tanlanadi.
2. Yetkazib berish usullari
- EMU — Milliy elektron pochta xizmati orqali yetkazib berish. Muddat va tartib EMU ichki qoidalari asosida belgilanadi.
- BTS — BTS kuryerlik xizmati orqali yetkazib berish.
- Menejer bilan kelishilgan holda (qo'lda)— ayrim hududlar yoki katta hajmdagi buyurtmalar uchun Sotuvchi menejeri mijoz bilan bevosita bog'lanib yetkazib berishni tashkil qiladi.
- Do'kondan olib ketish— Xaridor buyurtmani Sotuvchining do'konidan (Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 11/16A, ish vaqti: har kuni 10:00–22:00) mustaqil olib ketishi mumkin — bepul.
3. Yetkazib berish muddati
O'rtacha yetkazib berish muddati Toshkent shahri bo'yicha 1–3 ish kuni, boshqa viloyatlar bo'yicha 2–7 ish kuni. Aniq muddat buyurtma tasdiqlangandan so'ng operator tomonidan xabar qilinadi va hududiy sharoitlarga (masofa, EMU/BTS yuklamasi, ob-havo va h.k.) qarab farq qilishi mumkin.
4. Yetkazib berish narxi
Yetkazib berish narxi manzil va xizmat turiga qarab operator tomonidan aniqlanadi. Do'kondan olib ketish — bepul.
Muhim:EMU, BTS va qo'lda yetkazib berish narxi buyurtma rasmiylashtirish paytida jami summaga qo'shilmaydi — u buyurtma tasdiqlanganda operator tomonidan alohida hisoblanadi va Xaridorga ma'lum qilinadi. Narx hududga, masofaga va tanlangan xizmatga qarab farq qilishi mumkin. EMU/BTS orqali yetkazib berish shartlari ushbu xizmatlar bilan alohida kelishiladi.
5. Yetkazib berish paytida tekshirish
Mahsulotni qabul qilishda Xaridorga qadoq yaxlitligi, mahsulot ko'rinishi va IMEI raqamini buyurtma bilan solishtirib ko'rish tavsiya etiladi. Nomuvofiqlik yoki shikastlanish aniqlansa, kuryer huzurida darhol qayd etilishi va Sotuvchiga xabar berilishi so'raladi.
6. Yetkazib berilmagan yoki rad etilgan buyurtmalar
Agar Xaridor ko'rsatilgan manzilda topilmasa yoki buyurtmani qabul qilishdan bosh tortsa, buyurtma Sotuvchi omboriga qaytariladi. Qayta yetkazib berish qo'shimcha to'lov asosida amalga oshirilishi mumkin.
7. Aloqa
Yetkazib berish bilan bog'liq savollar bo'yicha Sotuvchi rekvizitlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.