1. Umumiy qoidalar
Ushbu maxfiylik siyosati naff.uzsaytidan foydalanuvchi shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini qanday yig'ish, saqlash va qayta ishlashni belgilaydi. Saytdan foydalanish yoki buyurtma berish orqali foydalanuvchi ushbu siyosat shartlariga rozilik bildiradi.
2. Yig'iladigan ma'lumotlar turlari
- Ism-familiya;
- telefon raqami;
- yetkazib berish manzili (viloyat, shahar, ko'cha);
- buyurtma tarkibi (tanlangan mahsulotlar, miqdor, to'lov usuli);
- nasiya tanlangan holatda — ariza uchun zarur bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlar (moliya provayderi talabiga ko'ra);
- saytga kirish jurnali (IP-manzil, brauzer turi) — xavfsizlik va firibgarlikning oldini olish maqsadida.
3. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi
- buyurtmani rasmiylashtirish va bajarish;
- Xaridor bilan bog'lanish (buyurtma holati bo'yicha);
- yetkazib berish xizmatlarini tashkil qilish;
- nasiya arizasini moliya provayderiga uzatish (tanlangan holda);
- xizmat sifatini yaxshilash va firibgarlikning oldini olish.
4. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish
Shaxsiy ma'lumotlar quyidagi hollarda va faqat zarur hajmda uchinchi shaxslarga uzatilishi mumkin:
- yetkazib berish xizmatlariga (EMU, BTS) — buyurtmani yetkazish uchun;
- nasiya (BNPL) moliya provayderlariga — ariza va tasdiqlash jarayoni uchun;
- to'lov tizimlariga (Payme, Click) — to'lovni amalga oshirish uchun;
- qonunchilikda belgilangan hollarda — vakolatli davlat organlariga.
Ma'lumotlar reklama maqsadida uchinchi shaxslarga sotilmaydi yoki ijaraga berilmaydi.
5. Saqlash muddati va xavfsizlik
Ma'lumotlar buyurtma va kafolat majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo'lgan muddat davomida, shuningdek qonunchilikda belgilangan hisobga olish muddatlarigacha saqlanadi. Ma'lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun tashkiliy va texnik choralar qo'llaniladi.
7. Foydalanuvchi huquqlari
Xaridor o'zi haqidagi ma'lumotlarni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni naff.uz bilan quyidagi aloqa ma'lumotlari orqali bog'lanib so'rashi mumkin.
8. Siyosatni o'zgartirish tartibi
Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Yangi versiya saytda e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi.
9. Aloqa uchun rekvizitlar
- “ZIRAAT BROKER” MCHJ
- Telefon: +998 88 750 20 40
- E-mail: info@naff.uz