1. Umumiy qoidalar
Mahsulotni qaytarish va almashtirish O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu sahifa qonunchilikda belgilangan umumiy tamoyillarni va naff.uz'dagi amaliy tartibni tushuntiradi.
2. Sifatli tovarni qaytarish/almashtirish
Agar mahsulot Xaridorga mos kelmasa (o'lcham, rang, model), uni qabul qilingan kundan boshlab 10 kalendar kuni ichida quyidagi shartlar bajarilgan holda almashtirish yoki qaytarish haqida murojaat qilish mumkin:
- mahsulot ishlatilmagan, tovar ko'rinishi saqlangan;
- zavod plombasi, yorliqlari va to'liq komplektatsiyasi bor;
- xarid faktini tasdiqlovchi hujjat (chek yoki buyurtma raqami) mavjud.
3. Texnik murakkab tovarlar (telefonlar)
Telefonlar texnik murakkab tovarlar toifasiga kiradi. Sifatli (nosozliksiz) telefonni faqat mos kelmaslik sababli qaytarish yoki almashtirish yuqoridagi shartlar bajarilgan holdagina va faqat ishlatilmagan holatda mumkin. Ishlatilgan yoki zavod holatini yo'qotgan telefon almashtirilmaydi va qaytarilmaydi (nosozlik holatlari bundan mustasno — quyidagi bo'limga qarang).
4. Nosoz (brak) tovar holatida harakatlar
Agar kafolat muddati ichida ishlab chiqarish nosozligi aniqlansa, Xaridor mahsulotni ta'mirlash, almashtirish yoki pulini qaytarishni talab qilish huquqiga ega. Nosozlik sababini aniqlash uchun mahsulot ekspertizadan (servis markaz tomonidan tekshiruv) o'tkazilishi mumkin — bu jarayonda IMEI raqami asosida mahsulot tarixi tekshiriladi.
Batafsil shartlar kafolat sahifasida keltirilgan.
5. Pul qaytarish tartibi va muddati
Pul qaytarish talabi qondirilgan taqdirda, mablag' Xaridorning to'lov qilgan usuli (karta, naqd) orqali, qabul qilingan arizadan so'ng qonunchilikda belgilangan muddatda (odatda 10 ish kunigacha) qaytariladi. Nasiya orqali to'langan buyurtmalar uchun qaytarish tartibi tegishli moliya provayderi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Murojaat qilish tartibi
Qaytarish yoki almashtirish uchun buyurtma raqami va muammoning qisqacha tavsifi bilan Sotuvchi rekvizitlari orqali murojaat qiling.